Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumatning mudofaa va xavfsizlik sohasidagi vakolatlari aniq belgilanadi
2019 yil 27 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar davlat va jamiyat qurilishining muhim sohalari, fuqarolarning qonuniy manfaatlariga qaratilgan qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi.
Yig‘ilishida yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Deputatlar tomonidan ta'kidlab o‘tilganidek, loyihani qabul qilish orqali Hukumatning investitsiya, ta'lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, ekologiya, tashqi siyosiy faoliyat, axborot texnologiyalari, mudofaa va xavfsizlik sohalaridagi vakolatlari aniq belgilanadi.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi a'zolarining o‘ziga biriktirilgan aniq soha va tarmoqlar uchun javobgarligi hamda ularni baholash mezonlari tartibga solinmoqda. Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlashda fraksiya deputatlari loyihani maromiga yetkazish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashini ta'minlashga qaratilgan qator takliflari inobatga olingani alohida aytib o‘tildi. Ushbu takliflar mamlakatda so‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda xamda Hukumat faoliyatining o‘ziga xos jihatlaridan shakllantirildi.
Ta'kidlanganidek, fraksiya a'zolari tomonidan qonun loyihasida o‘z aksini topgan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi sifatidagi huquqiy maqomi va hududlarni rivojlantirish sohasidagi vakolatlarini belgilash, Rayosat majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar, Hukumat faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibi hamda boshqa qator normalarni maromiga yetkazishda ham ko‘plab takliflari inobatga olingan.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
15:26 / 18.02.2026