Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova sobiq prezidenti mamlakatdan 1 mlrd yevro olib chiqib ketilishi bilan bog‘liq jinoyatga aloqadorligini rad etdi
Mamlakat banklaridan 1 mlrd yevro olib chiqib ketilishi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilingan Moldova sobiq prezidenti Pyotr Luchinskiy bu jinoyatga aloqadorligini rad etdi.
"Bu vaziyatda kimgadir natija emas, shov-shuv, ko‘proq jarangdor nomlar kerakligi ko‘rinib turibdi. Men bu ishga har qanday tarzdagi aloqadorligimni rad etaman", - dedi u Ipn.md agentligiga bergan bayonotida. Luchinskiy o‘g‘irlikka aloqador banklardan kredit olmaganini, ularda hisobraqamlari bo‘lmaganini ta'kidladi.
"Bo‘lib o‘tayotgan barcha voqealardan bir narsaga ishonmoqdaman – bu mening oilamga qarshi kampaniya. Ruminiyada o‘g‘lim Sergeyni ta'qib qilishdan boshlandi, keyin Kirillga o‘tishdi, endi esa menga. Ular nomimni qora qilishmoqchi, lekin haqiqat tantana qiladi", - dedi Luchinskiy.
Sobiq prezidentning to‘ng‘ich o‘g‘li Sergey Luchinskiy 2015 yilda rumin biznesmenidan shantaj va tovlamachilik yo‘li bilan 1 mln yevroni o‘zlashtirib olganlikda ayblanib Ruminiyada qo‘lga olingandi. Keyinroq u uy qamog‘iga o‘tkazilgan, so‘ngra ozodlikka chiqqandi. Kichik o‘g‘li Kirill esa o‘tgan yili pul yuvishda ayblanib 5,5 yilga qamalgan va mol-mulki musodara qilingandi.
Mavzuga oid
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
13:33 / 12.03.2026