Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp foydalanuvchilarning yozishmalarini Britaniya politsiyasiga taqdim etib turadi
London va Vashington o‘rtasidagi yangi kelishuvga ko‘ra, Amerikaning bir nechta ijtimoiy tarmoqlari, jumladan Facebook va WhatsApp foydalanuvchilarning shifrlangan yozishmalarini Britaniya politsiyasiga taqdim etadi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Blumberg agentligi xabar berdi.
Agentlikning bildirishicha, kelasi oyda imzolanadigan kelishuvga muvofiq, ijtimoiy tarmoqlar o‘ta og‘ir jinoyatlarni fosh etishda yordam berish uchun ma'lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi.
Avvalroq Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Priti Patel ijtimoiy tarmoqlarni razvedka xizmatlariga xabar jo‘natuvchi va oluvchilarning messenjerlariga kirish imkoniyatini taqdim etishga chaqirgandi.
Agentlik xabarida aytilishicha, yangi kelishuvga ko‘ra, AQSh Buyuk Britaniyadan farqli ravishda Britaniya kompaniyalaridan olingan ma'lumotlardan hech qaysi ishda foydalana olmaydi, bundan faqatgina o‘lim jazosiga olib keluvchi ishlar mustasno.
Mavzuga oid
15:22 / 26.01.2026
AQShda Meta’ga WhatsApp maxfiyligi bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atildi
15:11 / 16.01.2026
Duma deputati: WhatsApp Rossiyada 2026 yilda to‘liq bloklanishi mumkin
08:58 / 30.12.2025
RF sudi Telegram va WhatsApp’ni cheklashga qarshi da’voni rad etdi
12:15 / 24.12.2025