Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik to‘rt sportchiga Milliy gvardiya tomonidan navbatdagi ofitserlik unvonlari berildi
Foto: Milliy gvardiya
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari hisoblanuvchi besh nafar sportchi va murabbiy sportdagi yangi yutuqlari ortidan navbatdagi ofitserlik unvonlarini qabul qilib oldi.
Qayd etish joiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shu oy Yekaterinburgda o‘tgan jahon chempionatida umumjamoa hisobida g‘olib chiqdi. Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari – Bobo-Usmon Baturov bronza, Bahodir Jalolov oltin medal sohibi bo‘ldi. Eng og‘ir vazn toifasi vakili Jalolov musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb tan olindi.
Bu ikki sportchi kuni kecha prezident tomonidan ham e'tirof etilgan, davlat rahbarining farmoni bilan Bobo-Usmon Baturov «Kelajak bunyodkori» medali, Bahodir Jalolov «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.
Milliy gvardiyaning professional boksda faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchisi Murodjon Axmadaliyev esa sentyabrda ham g‘alabali seriyasini davom ettirib, kolumbiyalik bokschi Uilner Sotoni texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.
Shuningdek, yunon-rum kurashchisi Elmurat Tasmuradov Nur-sulton shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Tokio-2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.













Mavzuga oid
12:50 / 29.11.2025
Mahallalar, turistik maskanlar va maktablarda qo‘riqlash kuchaytiriladi
08:20 / 28.11.2025
Oq uy yaqinidagi otishmadan so‘ng AQSh Milliy gvardiyasi xizmatchisi halok bo‘ldi
20:50 / 14.10.2025
Katta shaharlardagi jamoat joylarida xizmat itlari patrullik qila boshladi
14:22 / 11.09.2025