Bugun Nur-Sulton şahrida bölib ötayotgan sport kuraşlari böyiça jahon çempionatining törtinçi kuni bölib ötmoqda.
Özbekiston terma jamoasining yunon-rim kuraşidagi vakillari, Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov (-60 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (-77 kg) 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga yöllanmani qölga kiritişdi.
Tasmuradov uçinçi örin va Tokio Olimpiadasi yöllanmasi uçun kuraş davomida dastlab ekvadorlik Andres Montanoni, keyin moldovalik Viktor Siobanuni mağlub etdi.

Endi u keçki dasturda bronza medali uçun kuraşiş imkoniyati va Tokio Olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritdi.

Jalgasbay Berdimuratov esa dastlab ukrainalik Volodimir Yakovliyevni, keyin litvalik Paulius Galkinasni yengdi va u ham keçki dasturda bronza medali uçun kuraşiş imkoniyati va Tokio Olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritdi. U medal uçun qozoğistonlik Asxat Dilmuhammedov bilan bellaşadi.

Şu tariqa, Özbekiston delegatsiyasi Tokio Olimpiadasi uçun yöllanmalari sonini 7taga yetkazdi.
Qayd etiş kerakki, bu Tasmuradov uçun uçinçi Olimpiada yöllanmasidir. U 2012 yilda London va 2016 yilda Rio Olimpiadalarida ham iştirok etgan.










