Jahon | 00:45 / 02.10.2019
4693
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada toshqinlar tufayli minglab oilalar evakuatsiya qilindi

Foto: BBC

Britaniyada minglab uylar toshqinlar tufayli evakuatsiya qilindi, ba'zi hududlarda kuchli yomg‘irlar sababli favqulodda vaziyat e'lon qilindi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligi xabar berdi.

Men orolidagi Laksli qishlog‘i daryo o‘zanidan toshib, ko‘chalarni suv bosgandan so‘ng tashqi dunyodan ajrab qoldi. Ko‘p uylar vayron bo‘lgan. Hozirda mahalliy aholi uchun xavf yo‘q.

Bundan tashqari, Angliya, Uels va Shotlandiyaning ayrim hududlari suv toshqini xavfi haqida ogohlantirildi.

Shuningdek, Kornuoll shahrida bir qator sohilbo‘yi hududlari, Norfolk g‘arbida esa uch mingga yaqin oila evakuatsiya qilindi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid