O‘zbekiston va Janubiy Koreya bioparchalanuvchi mahsulotlar ishlab chiqaradi

2019 yilning 2 oktabr kuni kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Janubiy Koreyaning Seojin Industry kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda asosiy e'tibor O‘zbekiston Respublikasida «Seojin Industry» kompaniyasi texnologiyalari asosida bioparchalanuvchi (tez parchalanuvchi) granulalar, paketlar va boshqa turli mahsulotlarni ishlab chiqarish va o‘zaro hamkorlikka qaratildi.
Ta'kidlanishicha, bioparchalanuvchi granula, bir martalik idishlar va boshqa shu kabi mahsulotlar Janubiy Koreyaning o‘zi uchun ham yangilik edi. U so‘nggi 5-6 yil ichida asta-sekinlik bilan rivoj topdi. Bioparchalanuvchi mahsulot tarkibining 40 foizini makkajo‘xori kraxmali yoki kartoshka kraxmali tashkil qilib, u tez parchalanuvchi material hisoblanadi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida plastik mahsulotlar va ularni qayta ishlash dolzarbligicha qolmoqda. Aynan, bioparchalanuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi mazkur texnologiya bir qator koreyalik kompaniyalar tomonidan yaratildi.
Uchrashuv davomida «Seojin Industry» kompaniyasi O‘zbekistonda bioparchalanuvchi granulalar, paketlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha laboratoriya tashkil etish taklifini ilgari surdi. Bunda, ishlab chiqarish jarayonida 100 foiz milliy xomashyodan foydalanishni yo‘lga qo‘yish e'tirof etildi.
Taklif etilayotgan mazkur investitsiya loyihasining qiymati 18 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan 3 mln. AQSh dollari «Seojin Industry» kompaniyasi, qolgan mablag‘ esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 23:19
-
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
Jahon | 23:16
-
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Sloveniyaga yetib bordi
O‘zbekiston | 23:10
Mavzuga oid

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

12:36 / 24.04.2025