Shotlandiya mustaqilligi uchun marshda 200 mingdan ko‘proq kishi ishtirok etdi
Shotlandiya poytaxti Edinburgda 5 oktyabrda mamlakatning Britaniyadan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash marshi bo‘lib o‘tdi. Unda 200 mingdan ko‘proq kishi ishtirok etdi. Yurish All Under One Banner (Barcha bir bayroq ostida) harakati tomonidan tashkillashtirilgan.
Shotlandiya, Irlandiya va hattoki Angliya bayroqlari bilan bo‘lgan odamlar shahar markazi bo‘ylab yurib o‘tishgan. Ular “Nimani istaymiz? Mustaqillikni!” deb hayqirishgan, ishtirokchilarning bosh bannerida esa “Mustaqillik hoziroq” deb yozilgan bo‘lgan.
2018 yildagi shunday tadbirda 100 ming kishi ishtirok etgandi.
Shotlandiya aholisi so‘rovnomalarda mustaqillik bo‘yicha yangi referendum o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlashmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikola Sterjyen aytib o‘tgan. Uning ta'kidlashicha, buning uchun referendum o‘tkazilishini tartibga soluvchi qonun qabul qilish lozim.
Oxirgi marta mamlakatda 2014 yilda referendum o‘tkazilgan. O‘shanda aholining 55 foizi Britaniyadan ajralish uchun qarshi chiqqan.
Mavzuga oid
22:19 / 09.11.2024
Shotlandiyadagi mayoq devoridan 132 yil oldin yozilgan maktub topildi
20:00 / 31.08.2024
Shavkat Mirziyoyev: “Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!”
19:47 / 31.08.2024
“Biz endi 37 millionlik katta xalqmiz” - prezident
15:34 / 24.08.2024