Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hozirgi mashinalar konserva bankaga o‘xshaydi». IIBB ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar bo‘yicha javob qaytardi

Har safar haydovchi uchun og‘ir yakun topgan yo‘l-transporti hodisasi ro‘y berganligi haqida xabar e'lon qilganimizda, quyidagilar kabi sharhlar paydo bo‘la boshlaydi: “Bularning hammasiga zamonaviy avtomobillar aybdor! Mustahkamroq bo‘lganlarida edi, inson tirik qolardi!”, “To‘g‘ri, bizning mashinalarimiz konserva bankalariga o‘xshaydi, aynan ular YTHga sabab bo‘lyapti!”, “Ilgari mashinalar tankdek bo‘lgan! Hozirgilaridek emas”. Biz ushbu mavzuni e'tiborsiz qoldira olmaymiz, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
“Hurmatli haydovchilar! Bilingki, hatto KAMAZlar ham g‘ijimlanib ketadi. Qog‘oz kabi g‘ijimlanib, yirtiladi. Tezlikni oshirganda qaysidir avtomobilda xavfsizlikda bo‘laman deb o‘ylamang. Aynan tezlikni oshirish va boshqa shu kabi xatolar yo‘llarda og‘ir oqibatlarga sabab bo‘ladi, bunda avtomobil emas, uni boshqargan odam aybdor.
Yo‘l-transport hodisalari ro‘y berganda kuzovning yo‘g‘onligining xavfsizlikka daxli bormi? Yo‘q, ko‘plab avtohavaskorlarning bu boradagi yanglishmovchiliklariga qaramasdan, buning ahamiyati yo‘q. Bugungi kunda kuzov panellari yengilroq, ammo yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan materiallarda tayyorlanadi. Ammo xavfsizlik borasida birinchi o‘rinda bugungi kunda yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan po‘lat qo‘llanilgan tarzda ishlab chiqariladigan kuzovning kuch tuzilmasi ahamiyatlidir. Natijada avtomobil og‘irligi pasayadi, kuzovning qattiqligi esa oshadi. Haydovchini himoya qilib, o‘ziga asosiy zarbani qabul qiluvchi qism ham aynan kuzovdir”, - deyiladi IIBB ma'lumotida.
Qayd etilishicha, avtomobillarning “krash-test”lari ko‘pincha 50 dan (maksimum) 80 km/soatgacha bo‘lgan tezlikda o‘tkaziladi. Sababi, turli davlatlarda ruxsat berilgan tezlik ko‘rsatkichi shular orasidadir. Ammo real hayotda esa yo‘llardagi YTHlar tezlik sezilarli darajada oshirilganda sodir bo‘ladi.
Tezlik qancha yuqori bo‘lsa, boshqaruvni yo‘qotib, biror-bir to‘siqqa urilish ehtimoli ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Tezlik qanchalik yuqori bo‘lsa – zarba kuchi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Hattoki eng mustahkam kuzovning shakli ham qo‘rqinchli tarzda o‘zgaradi – g‘ijimlanib, yirtiladi va tiklab bo‘lmaydigan holatda qoladi.
“Biz internet kengliklarida siz maqtagan “tanklarning” – inomarkalarning YTHga uchraganlaridan keyingi holatlari aks etgan suratlarni topib, e'tiboringizga havola qilmoqchimiz. Ko‘rib, ishonch hosil qiling: tezlik oshirilganda kuzovning shakli avtomobil rusumidan qat'iy nazar o‘zgaradi.
Tezlikni pasaytiring! Yo‘l harakati qoidalarini buzmang – natijasi bu ishingizni oqlamaydi”, - deyiladi IIBB xabarida.
Tavsiya etamiz
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
Jahon | 07:46 / 23.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 20:59 / 22.08.2025
Tramp, dollar va so‘m: AQSh valutasida pul jamg‘arish endi avvalgidek jozibali emasmi?
Iqtisodiyot | 20:54 / 22.08.2025
AQSh 55 milliondan ortiq viza egalarini tekshiradi
Jahon | 10:08 / 22.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv orollarida kuz - chegirmalar va bonuslarga ega mehmonxonalar
O‘zbekiston | 13:00 / 26.08.2025
-
Toshkentdagi klinikada yuz bergan fojia bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Jamiyat | 23:51 / 26.08.2025
-
Tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejim va har bir mahallaga futbol maydoni – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 26.08.2025
-
2026 yildan boshlab Android noma’lum dasturchilarning ilovalarini bloklaydi
Fan-texnika | 23:10 / 26.08.2025
Mavzuga oid

11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi

14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda

12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

17:58 / 01.09.2023