AQŞ Davlat departamenti 21 avgust kuni amaldagi Amerika vizasiga ega bölgan 55 milliondan ortiq xorijlikning migratsiya qonunçiligini buziş ehtimoli böyiça tekşirayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi AP.
Davlat departamenti agentlikka AQŞ vizalari egalarining qoidalarga muvofiqligini «doimiy ravişda» tekşirib turişini ma’lum qildi. Xususan, idora viza muddati ötgan-ötmaganini, şaxsning jinoyatçilik yoki terrorizmga aloqadorligini örganadi. Agar çet ellik bu talablarni buzgan bölsa, uning vizasi bekor qilinadi. Agar u AQŞ hududida bölsa, mamlakatdan çiqarib yuboriladi.
Davlat departamentida ta’kidlanişiça, Donald Trampning 2025 yil yanvaridagi inauguratsiyasidan beri idora ötgan yilning şu davriga nisbatan ikki baravar köp vizani bekor qilgan. Şu bilan birga, bekor qilingan talaba vizasi soni tört baravar oşgan.
Avgust oyi boşida Davlat departamenti talaba vizasiga ega 6 mingdan ortiq şaxs mamlakatda böliş muddatini buzgani, şuningdek, qonunbuzarliklar, jumladan, hujumlar, mast holda maşina haydaş va terrorizmni qöllab-quvvatlagani uçun bekor qilingani haqida xabar berdi. Aniqlik kiritilişiça, tört mingga yaqin viza qonun buzilişi, 200-300 ga yaqin viza terrorizm bilan boğliq sabablarga köra bekor qilingan.












