O‘zbekiston | 16:22 / 08.10.2019
1790
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi MDH TIVK majlisida ishtirok etadi

O‘zbekiston delegatsiyasi 10 oktabr kuni Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda ma'lum qilinishicha, delegatsiyaga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchilik qiladi.

Majlis davomida MDH Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisi kun tartibi, unda imzolanadigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilish hamda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid