Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Vashington Turkiyadagi bazasidan yadroviy qurollarni olib chiqib ketish imkoniyatini ko‘rib chiqdi
AQSh ma'muriyati Anqara Suriyada harbiy operatsiya boshlashi munosabati bilan Turkiyadagi Injirlik bazasidan yadroviy qurollarni olib chiqib ketish imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar berdi.
Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, "Davlat departamenti va energetika vazirligi xodimlari Injirlik bazasida anchadan buyon saqlanayotgan 50 birlikka yaqin taktik yadroviy qurolni olib chiqib ketish rejasini ko‘rib chiqqan". Nashr manbalaridan birining fikriga ko‘ra, ushbu qurollarning bazadan olib chiqib ketilishi "amalda Turkiya va AQSh o‘rtasidagi ittifoqning tugaganini bildiradi".
Nashrning e'tibor qaratishicha, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bir oycha avval Anqarada yadroviy qurol yo‘qligidan noroziligini bildirgan.
Mavzuga oid
10:40
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
10:10
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida Eronga yangi zarbalar berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026