Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoqning eng ko‘p qashshoqlar yashaydigan mamlakatlari nomi ma'lum qilindi
Foto: REUTERS
2018 yilda Yevroittifoqning eng ko‘p aholisi qashshoqlik chegarasida yoki ijtimoiy izolyatsiyada yashaydigan mamlakati Bolgariya bo‘ldi, deb xabar berdi YeI statistika xizmati (Yevrostat).
Qashshoqlik chegarasi yoki ijtimoiy izolyatsiya quyidagi uchta shartdan birini ko‘zda tutadi: kam daromad, jiddiy moliyaviy qiyinchiliklar yoki bandlik darajasi past bo‘lgan oilalarda yashash. Bolgariyada ana shunday shaxslar 32,8 foizni tashkil etgan.
Bolgariyadan keyingi o‘rinlarda Ruminiya (32,5 foiz), Gretsiya (31,8 foiz), Latviya (28,4 foiz), Litva (28,3 foiz), Italiya (27,3 foiz) va Ispaniya (26,1 foiz) joylashdi.
Qashshoqlik darajasi eng past mamlakatlar esa Chexiya (12,2 foiz), Sloveniya (16,2 foiz), Slovakiya (16,3 foiz), Finlyandiya (16,5 foiz), Niderlandiya (16,7 foiz), Daniya va Fransiya (17,4 foiz) hamda Avstriya (17,5 foiz) bo‘ldi.
Umumiy hisobda, 2018 yilda 109,2 mln kishi yoki YeI aholisining 21,7 foizi qashshoqlik chegarasida yashagan. Qashshoqlar soni 2017 yildagiga nisbatan 3,7 foizga kamaygan.
Mavzuga oid
12:52 / 24.01.2026
Rossiya tankeri O‘rta Yer dengizida boshqaruvni yo‘qotdi
15:54 / 22.01.2026
Merkosur bilan erkin savdo kelishuvi: yevrodeputatlar yuridik tekshiruv talab qildi
12:17 / 19.01.2026
Yevroittifoq AQSh bilan savdo kelishuvini ratifikatsiya qilishni to‘xtatadi
16:16 / 30.12.2025