Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda farzandining hayotini saqlashga uringan ota vafot etdi
Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahrida yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan farzandi ortidan yugurib chiqqan ota avtobus urib yuborishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Foto: Videodan kadr
Qizilo‘rdada 4 yoshli farzandi bilan bo‘lgan ota yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston mintaqaviy politsiya departamentiga asoslangan holda.
Hodisa 2019 yil 17 oktyabrda shaharning Abay va Oltinsarin ko‘chalari chorrahasida ro‘y bergan.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, jamoat transporti haydovchisi yo‘lning qatnov qismining piyodalar o‘tish yo‘lagi bo‘lmagan qismiga yugurib chiqib qolgan 4 yashar o‘g‘il va uning 30 yoshli otasini urib yuborgan.
«Olingan jarohatlar oqibatida bolaning otasi hayotdan ko‘z yumgan, bola viloyat bolalar shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Haydovchi voqea joyida bo‘lgan. Ekspertiza tayinlangan», - deyiladi xabarda.
Internet tarmog‘ida ayni voqea aks etgan videolavha paydo bo‘lgan. Avtobusda o‘rnatilgan videokuzatuv kamerasi olgan tasvirlarga ko‘ra, bolakay kutilmaganda yo‘lga yugurib chiqqan. Erkak uning ortidan otilgan va farzandini zarbadan himoya qilgan.
Mavzuga oid
10:15 / 26.01.2026
Ahmad Donish ko‘chasida to‘rtta avtomobil to‘qnashdi
08:30 / 26.01.2026
Nurafshon ko‘chasida uchta avtomobil ishtirokida YTH qayd etildi
13:38 / 24.01.2026
Toshkentda ko‘prik ustida ikkita avtomobil to‘qnashdi
13:39 / 21.01.2026