Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Qozog‘iston bilan chegarada avtomashinalar to‘planib qolganiga izoh berdi
Qozog‘istonning «Tajyen» chegara bojxona postidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Dovud ota» chegara bojxona postiga kirishdagi yo‘lda tirbandliklar yuzaga kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati Qozog‘iston bilan chegaraning shu qismida transport vositalari to‘planib qolgani holati yuzasidan izoh berdi.
«Qozog‘istonning «Tajyen» chegara bojxona postida («Dovud ota» chegara bojxona posti qarshisida) uch kun mobaynida yuzaga kelgan texnik kamchiliklar tufayli, haydovchilardan O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda boshqa yo‘nalishni tanlashni so‘raymiz.
Umid qilamizki, qozog‘istonlik hamkasblarimiz yaqin vaqtlar ichida ushbu texnik nosozlikni bartaraf etishadi», deyiladi DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati tomonidan Kun.uz’ga berilgan xabarda.
Oktabr oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning «Tajyen» chegara bojxona postidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Dovud ota» chegara bojxona postiga kirishda o‘nlab «fura»lar tirbandlik sababli navbatda turib qolayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu xabarlarga munosabat bildirib, bu tirbandliklarga bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan avtotransport vositalari oqimi keskin oshgani bilan izohlagandi.
Bundan avvalroq Davlat bojxona qo‘mitasi Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan «B.Konisbayev» chegara o‘tkazish punktida qayta qurish va kengaytirish ishlari olib borilishi munosabati bilan «Yallama» posti orqali jismoniy shaxslar va ayrim turdagi transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
08:20 / 03.06.2026
DXX tezkor tadbiri: Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
15:25 / 29.05.2026