1 noyabrdan boşlab “B.Konisbayev” çegara ötkaziş punktida piyoda jismoniy şaxslar, yengil avtotransport va 3,5 tonnagaça yuk kötariş qobiliyatiga ega bölgan yuk avtotransport vositalari harakati 2020 yil 1 yarmiga qadar töxtatiladi.

Davlat bojxona qömitasi xabariga köra, Qozoğiston Respublikasining Özbekiston Respublikasi bilan çegarada joylaşgan “B.Konisbayev” çegara ötkaziş punktida qayta quriş va kengaytiriş işlari olib boriladi.

Şu munosabat bilan qömita tovar hamda transport vositalarini bojxona çegarasi orqali olib ötuvçi taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari, taşuvçilar, yengil avtotransport vositalari haydovçilari va piyoda ravişda harakatlanuvçi jismoniy şaxslarga vaqtlarini tejaş, sarf-xarajatlarning oldini oliş maqsadida özbek-qozoq çegarasida joylaşgan boşqa muqobil ötkaziş punktlari orqali harakatlanişlari mumkinligini ma'lum qildi.

Eslatib ötamiz, Qozoğistonning “B.Konisbayev” çegara ötkaziş punkti Toşkent viloyati Çinoz tumanidagi “Yallama” çegara ötkaziş punktiga tutaş hisoblanadi.