«ERIELL Group»: Uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha navbatdagi yutuqlar
«ERIELL Group» kompaniyasining O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 9 martdagi PQ-2822-sonli qarori bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni oshirish dasturi»ni amalga oshirishdagi navbatdagi muvaffaqiyati Qashqadaryo viloyatida joylashgan «Oydin» konidagi faoliyati bilan belgilanadi. Sanoat gaz oqimiga ega quduqlar quriligini muvaffaqiyatli yakuniga yetkazish tendensiyasi kunlik 500 ming m³ gaz oqimi va 12 m³ kondensatga teng bo‘lgan 12-quduqda ham davom etdi.
Quduqlarni qurish vaqtini 15 sutkaga qisqartirish va oyiga 1110 m/st. tijorat tezligida burg‘ilashga zamonaviy uskunalar va ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda «ERIELL Group» kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislari hamda «O‘zburg‘uneftgaz» AJ burg‘ilovchilarining sinergiyasi tufayli erishildi.
«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati