O‘zbekiston | 13:33 / 26.10.2019
17834
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ishlayotgan 600dan ortiq o‘qituvchi TDPU sirtqi bo‘limida o‘qitiladi

Foto: Toshkent davlat pedagogika universiteti

Toshkent shahridagi maktablarda ishlayotgan o‘qituvchilar Toshkent davlat pedagogika universitetining sirtqi bo‘limida o‘qitiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, Toshkent shahridagi umumta'lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan 600 dan ortiq o‘rta maxsus ma'lumotli o‘qituvchilar, istisno tariqasida, Toshkent davlat pedagogika universitetining sirtqi bo‘limida, maqsadli qabul kvotalari ajratilgan holda, ishdan ajralmagan tarzda o‘qitilishini tashkillashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida bosqichma-bosqich yoshlarning axborot kommunikatsiya texnologiyalar sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “IT-Nation” loyihasini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalq ta'limi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta'lim maktablarida huquq sohasining yetuk mutaxassislari tomonidan har hafta “Davlat va huquq asoslari” fanidan “ochiq dars”lar, maktablarda o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda pedagogik jamoalar uchun huquqiy mavzularda suhbatlar, o‘quvchilarda korrupsiyaga qarshi toqatsizlikni namoyon eta olish kompetensiyalarini shakllantirish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid