Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«ERIELL Group»: yuksak malakamiz O‘zbekiston ravnaqi uchun xizmat qiladi
Bugungi kunda Qashqadaryo viloyati hududida joylashgan «Chungar» konidagi 21-quduqdan kuniga 50 ming m³ tabiiy gaz oqimi qayd etildi. Bu joriy yilning 24 oktabr kuni «O‘zbekneftgaz» va «ERIELL Group» mutaxassislarining hamkorlikda qatlamni gidravlik parchalash bo‘yicha olib borgan sa'y-harakatlari natijasidir.

Shunisi e'tiborga loyiqki, ushbu quduqning debit ko‘rsatkichi nolga tushib qolgan, natijada bu yerda qazib olish ishlari to‘xtatilgan edi.
Bundan tashqari, «Sho‘rtan» konidagi tabiiy gaz oqimi kuniga 92 ming m³ gacha ko‘payishi qayd etilgan 312-quduqda, oqim 93 ming m³, 114,5 ming m³, 124,4 ming m³ gacha ko‘paygan 305, 315 va 314-quduqlarda, shuningdek, «Tayloq» konidagi tabiiy gaz oqimi mos ravishda kuniga 100 ming m³ hamda 170 ming m³ gacha ko‘payishi qayd etilgan 24, 25-quduqlarda qatlamni gidravlik parchalash bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirildi.
«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
16:35 / 28.04.2026
Boysunda neft daryoga oqib ketgani bo‘yicha 8,5 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
09:17 / 05.03.2026
Baxtiyor Fozilovning bizneslarida nimalar yuz beryapti?
12:59 / 29.12.2022
ERIELL Group yangi yil oldidan bolalarni xursand qildi
12:44 / 02.12.2022