Jahon | 21:43 / 29.10.2019
3627
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing rahbari xatolarini tan olishini, lekin iste'foga chiqmasligini aytdi

Aviakorporatsiya rahbari Dennis Myulenburg 30 oktyabrda AQSh vakillar palatasining transport bo‘yicha qo‘mitasida ko‘rsatma beradi.

Boeing aviakorporatsiyasi rahbari Dennis Myulenburg xatolarini tan olishini, lekin iste'foga chiqmasligini aytdi.

Jurnalistlar undan 737 MAX layneri dasturi muvaffaqiyatsizlikka uchragani sababli kompaniya duch kelgan muammolar bois iste'foga chiqish-chiqmasligi haqida so‘rashdi.

"Men hozircha buni o‘ylayotganim yo‘q. Biz xatolarga yo‘l qo‘ydik. Yaxshi tarafga ketmoqdamiz va o‘rganmoqdamiz", - deb javob qaytardi Myulenburg.

Avvalroq Boeing ikkita aviahalokat yuz berishiga sababchi bo‘lganini tan olmagandi.

Dennis Myulenburg 30 oktyabrda AQSh vakillar palatasining transport bo‘yicha qo‘mitasida ko‘rsatma beradi.

Efiopiyaning Ethiopian Airlines va Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyalariga qarashli Boeing 737 MAX samolyotlari halokatga uchraganidan so‘ng 2019 yil martda butun dunyoda bu rusumdagi samolyotlarning parvoz qilishi taqiqlangandi.

Mavzuga oid