Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aeroport bo‘yicha yolg‘on xabar bergan shaxsga nisbatan surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Joriy yilning 29 oktabr kuni poytaxtning Mirobod tumanida joylashgan «Evro Uborka» mas'uliyati cheklangan jamiyatiga shubhali bir qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Telefonda gapirayotgan noma'lum shaxsning so‘zlari korxona operatorini shoshirib qo‘ydi, deb yozmoqda «Postda» nashri.
«Bu ichki ishlar bo‘limimi? Menga aeroportdagi ichki ishlar bo‘limining telefon raqami kerak. Muhim gapim bor edi. Yaqinda aeroportda katta portlash bo‘ladi, shuni aytishim kerak edi». Noma'lum shaxs shu so‘zlarni aytdi-da, telefon go‘shagini qo‘yib qo‘ydi.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida Ichki ishlar bo‘limiga emas, korxonaga qo‘ng‘iroq qilgan shaxsning kim ekani aniqlandi. Ma'lum bo‘lishicha, uyali telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgan bu kimsa Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan T.J. ekan. U oqibatini o‘ylamay, mast holda yuqoridagi qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:47
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026