Jahon | 16:40 / 03.11.2019
9386
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Tehron va Vashington o‘rtasidagi muzokaralardan foyda yo‘qligini bildirdi

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 1 noyabr kuni Tehronga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy etilishini ma'lum qildi.

Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar mamlakatning muammolarini hal qila olmaydi. Bu haqda Eron oliy yetakchisi oyatulla Ali Homanaiy bayonot berdi.

"Ayrimlar muzokaralar mamlakatimiz muammolarini hal qiladi deb hisoblaydi. Bu katta xato", - deya Homanaiydan iqtibos keltirmoqda IRIB teleradiokorporatsiyasi. 

Uning ta'kidlashicha, "muzokaralar o‘tkazilishini taqiqlash butun dunyoga Eronning kuchini ko‘rsatadi va AQShning jahon jamoatchiligi ko‘z oldidagi ta'sirli qiyofasini parchalab tashlaydi".

2018 yil 8 mayda AQSh Eron bilan tuzilgan yadroviy kelishuvdan chiqishini e'lon qildi. Shundan so‘ng Vashington Eronga nisbatan sanksiyalar kirita boshladi. 

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 1 noyabr kuni Tehronga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy etilishini ma'lum qildi.

 

Mavzuga oid