17:05 / 04.11.2019
5972

«ERIELL Group»: «UzKorGaz-Chemical» konidagi 60ta quduq mukammal ta'mirlandi

Foto: ERIELL Group

«ERIELL Group» kompaniyasi tomonidan «UzKorGaz-Chemical» konidagi 60 ta quduqni mukammal ta'mirlash bo‘yicha shartnoma shartlari muvaffaqiyatli bajarildi.

02.02.2017 yilda imzolangan №17Ye-01 raqamli shartnoma shartlariga muvofiq «ERIELL Group» kompaniyasi Qoraqolpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hududidagi «Surg‘il» konidagi 60 ta quduqni mukammal ta'mirlash ishlarini to‘la-to‘kis yakunladi.

Xususan 2017-2019 yillar oralig‘ida kompaniya tomonidan quyidagi tartibda quduqlar ta'mirlandi:

  • 2017 yilda umumiy hisobda 38 obektda interval bo‘yicha ish olib borilgan holda 26 quduq;
  • 2018 yilda 22 quduq – 39 obekt;
  • 2019 yilda 12 quduq – 15 obekt.

To‘la ta'mirlangan barcha quduqlar shay holda «UzKorGaz-Chemical» kompaniyasiga topshirildi.

Shu tarzda «ERIELL Group» kompaniya o‘zining barcha shartnomaviy majburiyatlarini bajardi.

«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid
Top