Jamiyat | 10:05 / 06.11.2019
13613
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda MIB xodimiga nisbatan jinoyat sodir etildi 

Foto: Majburiy ijro byurosi

Andijonda MIB xodimiga nisbatan jinoyat sodir etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, fuqaro O.S. elektr energiyasidan qarzdorligi sababli yashash xonadonini tarmoqdan uzayotgan MIB Andijon shahar bo‘limi davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan.

Xabarda aytilishicha, fuqaro O.S. davlat inspektorlaridan birini yog‘och bo‘lagi bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 5 noyabr kuni Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid