«Cotton Campaign» xalqaro koalitsiyasi Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boşçiligidagi delegatsiya bilan keçgan muzokaralar yuzasidan 1 noyabr kuni bayonot e'lon qildi.

Ma'lum bölişiça, oktabr oyining ikkinçi yarmida Vaşintonda keçgan uçraşuvda Sardor Umurzoqov Özbekistonda majburiy mehnatga çek qöyişga doir çora-tadbirlar Yöl xaritasini taqdim etgan.

Muzokaralarda qatnaşgan AQŞ Moda sanoati uyuşmasi prezidenti Juli Hyuz özbek paxtasiga boykot e'lon qilgan kompaniyalar mamlakatdagi «yangi imkoniyatlar»ni çamalaşayotgani haqida aytgan.

«Islohotlar yölida qilinayotgan harakatlarga baho beriş imkoniga ega bölişni sabrsizlik bilan kutib qolamiz va umid qilamizki, rivojlanişni ortga qaytarib bölmasligiga işonç hosil qila olamiz. Boisi brendlar Özbekistonda yangi imkoniyatlarni körib çiqişmoqda», – deydi Hyuz.

Qayd etiş joiz, özbek töqimaçilik sanoatiga nisbatan boykotga qöşilgan yetakçi brend va reteylerlar soni 312tani taşkil qiladi.

Özbekiston hukumatining «Cotton Campaign» bilan bevosita muloqoti bir yarim yildan oşiqroq vaqtdan buyon davom etmoqda.

Şu yil iyun oyida koalitsiya Özbekiston tomonining söroviga binoan, mamlakatda majburiy mehnatga barham beriş uçun darhol va uzoq istiqbolda amalga oşirilişi lozim bölgan çoralar böyiça tavsiyalar dasturini tuzib bergan edi. Unda quyidagi uçta asosiy yönaliş körsatib ötilgan: tizimli majburiy mehnatga çek qöyiş, tuzilmaviy islohotlar ötkaziş va fuqarolik jamiyati rivojiga yöl oçib beriş.

Eslatib ötamiz, 2019 yil mart oyida AQŞ Mehnat departamenti Özbekistonda yetiştirilgan paxtani majburiy yoki bolalar mehnati vositasida yetiştirilgan mahsulotlar «qora röyxati»dan çiqargan edi.

Oradan köp ötmay, «Öztöqimaçiliksanoat» boşqaruv raisi Ilhom Haydarov «Cotton Campaign» koalitsiyasining boykoti 2020 yil boşida bekor qilinişi mumkinligini aytgandi