Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi yirik brendlarning Özbekiston töqimaçilik mahsulotlariga nisbatan boykotini 2020 yil boşida bekor qilişi mumkin, deb ma'lum qildi «Öztöqimaçiliksanoat» boşqaruv raisi Ilhom Haydarov.
«Hozirda paxta mahsulotiga nisbatan e'lon qilingan boykot bekor qilinişi uçun kiçik detallar qoldi. Hamkorlarimiz bu 2020 yil boşida yuz berişi mumkinligini aytişdi», – dedi Haydarov.
Uning sözlariga köra, hamkorlar bu yilgi hosilni ham kuzatişni istaşmoqda. Eslatib ötamiz, 25 mart kuni AQŞ Mehnat departamenti Özbekistonda yetiştirilgan paxtani majburiy yoki bolalar mehnati vositasida yetiştirilgan mahsulotlar «qora röyxati»dan çiqargandi.
Eslatib ötamiz, 2019 yilning fevralida dunyodagi maşhur 310 brendni birlaştirgan Cotton Campaign Özbekiston hukumati rasmiylari bilan uçraşgan, 2018 yilda Özbekiston paxta dalalarida mehnatga majburlaş holatlari keskin kamayganini e'tirof etgan holda, töliq va batamom barham berilmaganini bildirgan, hukumat majburiy mehnatni tugatiş borasida sezilarli işlar qilgan bölsa-da, uni tugatolmagani uçun özbek paxtasiga bölgan boykotni öz kuçida qoldirgandi.

















