01:30 / 11.11.2019
0
4304

70 dan ko‘proq davlat oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirishga kelishib oldi

Foto: EPA

70 dan ko‘proq davlat yomon sovitish oqibatida ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdorini kamaytirish uchun ko‘proq sa'y-harakatlar amalga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

9 noyabrda ushbu davlatlar Rimda o‘tgan Monreal bayonnomasi yig‘ilishida shunday majburiyatni zimmalariga olishlari haqidagi hujjatni imzolashgan. 

Dunyodagi oziq-ovqatning uchdan bir qismi ayniydi va oziq-ovqatlarni sovuq holda saqlash va tashishning mukammalroq usullari ishlab chiqilishi chiqindilar miqdori kamayishiga imkon berishiga umid bor.

Rivojlangan davlatlarda yomon sovitish tez ayniydigan mahsulotlarning 9 foizining, rivojlanayotgan davlatlarda esa 23 foizining yo‘qotilishiga olib keladi.  

Mutaxassislarning aytishicha, sovitish tizimining yaxshilanishi issiqxona gazlari hamda sovitish va shamollatish tizimlarida qo‘llanuvchi zararli gazlar miqdorini qisqartirishda yordam beradi.

AQSh, Xitoy, Yevropa Ittifoqi a'zolari hamda Amerika, Afrika va Osiyoning ko‘plab davlatlari ushbu majburiyatni bajarishga rozi bo‘lishgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top