Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya prokuraturasi Volkswagen sobiq rahbarlarini 5 mln yevroni noo‘rin sarflashda aybladi
Ular 2011 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda ishlab chiqarish kengashi tarkibidagi xodimlarga oshirilgan maosh va mukofotlar belgilashgan.
Germaniyaning Braunshveyg shahri prokuraturasi Volkswagen konsernining uch nafar sobiq va bir nafar amaldagi top-menejyerini huquqbuzarlikda aybladi. Prokuraturaning bildirishicha, ularning bu xatti-harakatlari oqibatida avtokonsern 5 mln yevrodan ortiq zarar ko‘rgan.
Ayblovda aytilishicha, Volkswagen boshqaruvining ikki nafar sobiq a'zosi hamda ikki menejyeri 2011 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda ishlab chiqarish kengashi tarkibidagi xodimlarga oshirilgan maosh va mukofotlar belgilashgan. Shu bilan birga, ko‘rsatilgan summaning 3 mln yevrosi ishlab chiqarish kengashi raislarining maoshi uchun sarflangan.
DPA agentligining xabariga ko‘ra, konsern xodimlarning oylik va mukofotlari oshirilishi qonunga muvofiqligini o‘rganishni va ayblovlar ishlab chiqaruvchiga emas, alohida shaxslarga nisbatan ilgari surilishi kerakligini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
08:45 / 28.05.2026
O‘zbekistonda yana bir yirik avtomobil brendi ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda
18:09 / 19.05.2026
Toshkentda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin
00:22 / 15.12.2025
Volkswagen o‘z tarixida ilk bor Germaniyadagi zavodini yopadi
09:13 / 31.10.2025