Madaniyat tashkilotlari alohida maqomga ega bo‘ladi. U prezident tomonidan beriladi

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Madaniyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.
Qonun loyihasi konseptual jihatdan birinchi o‘qishda ma'qullanganidan keyin unga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Unga 15 ta yangi modda qo‘shildi. Jumladan, loyiha “Madaniyat xodimlarini ijtimoiy himoya qilish” nomli bob bilan boyitildi.
Undan tashqari, kinematografiya tashkiloti, axborot-kutubxona muassasasi, muzey, badiiy galereya, studiya, madaniyat sohasidagi ustaxona, ta'lim muassasalari, tadqiqot markazi, ta'mirlash markazi kabi tushunchalarga aniqlik kiritildi. Qonunchilikka muvofiq, ularning asosiy vazifalari aniq belgilandi.
Deputatlar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashayotgan vatandoshlar bilan madaniy hamkorlik qilish to‘g‘risidagi norma muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladilar. Ularning fikricha, bu milliy madaniyatimizni xorijda ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bois, davlat milliy madaniy markazlar, milliy jamiyatlar, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi madaniy tadbirlarni o‘tkazishda amaliy ko‘mak beradi.
Shuningdek, qonun loyihasida madaniyat tashkilotlariga alohida maqom berish tartibini belgilash ko‘zda tutilmoqda. Demak, madaniyat sohasida muvaffaqiyatlarga erishgan, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik davlat madaniyat tashkilotlariga, professional badiiy, ijodiy jamoalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Milliy” maqomi beriladi. O‘z sohasida yetakchi bo‘lgan davlat madaniyat tashkilotlariga, professional badiiy va ijodiy jamoalarga madaniyat va san'atni shakllantirish, rivojlantirish hamda targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi uchun, Madaniyat vazirligining taqdimiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “akademik” maqomi beriladi.
Loyihaga madaniyat tashkilotlarida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun, xususan, chiptalar uchun narx belgilashga doir norma kiritildi. Unga ko‘ra, madaniyat tashkilotlari xizmatlar uchun narx belgilashda maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchi va talabalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, pensionerlar, muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar va boshqalar uchun imtiyozlar berishi mumkin.
Qonun loyihasining moddama-modda ko‘rilishi jarayonida deputatlar tomonidan bir qator savollar berildi. Loyiha matnida kamchiliklar borligi ko‘rsatib o‘tildi. Shulardan kelib chiqib, qonun loyihasini maromiga yetkazish maqsadida mas'ul qo‘mitaga qaytarish taklifi bildirildi va mazkur taklif deputatlar tomonidan ma'qullandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OpenAI sun’iy intellektning GPT‑4.1 bayroqdor modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 18:53
-
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 17:56
-
Xitoy savdo urushi doirasida Boeing samolyotlarini sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 17:53
-
Fransiyada bir vaqtning o‘zida bir nechta qamoqxonaga hujum uyushtirildi
Jahon | 17:49
Mavzuga oid

12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi

15:03 / 15.03.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi

19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin

16:54 / 12.02.2025