Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda chiqindi sotib olish va sotish uchun mo‘ljallangan sayt paydo bo‘ldi
KazWaste chiqindilarni boshqarish bo‘yicha Qozog‘iston uyushmasi turli xil chiqindilar va ikkilamchi resurslarni sotish hamda sotib olish uchun yagona platforma ishlab chiqdi. Bu haqda «Moy gorod» portali yozmoqda.
Chiqindilar birjasi jismoniy va yuridik shaxslarning reklamalarini bepul joylashtirish bo‘yicha saytlar prinsipi asosida ishlaydi. 2020 yilda birja uchun mobil dasturni ishga tushirish kutilmoqda.
Mavjud chiqindilar haqida e'lon joylashtirish uchun saytda ro‘yxatdan o‘tishning o‘zi yetarli bo‘lib, so‘ng chiqindilar hajmi, narxi, mintaqani ko‘rsatish va fotosuratni yuklash kerak. E'lon darhol bosh sahifadagi «Qaynoq e'lonlar» bo‘limida paydo bo‘ladi. Birja saytida ham e'lonlar chiqindi turiga qarab (qog‘oz, karton, plastmassa va boshqalar) ajratilgan. Saytda ikkilamchi xom-ashyoni sotib olishga tayyor qayta ishlash kompaniyalari ro‘yxatdan o‘tgan. Har bir e'londa xaridor sotuvchi bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan aloqa raqamlari mavjud.
Birjada dastlabki e'lonlar paydo bo‘lib bo‘ldi. Elektron platalardan iborat bir kilogramm lom uchun xaridorlar 250 tengedan 4000 tengegacha taklif qilmoqda, ishlamaydigan asbob-uskunalar esa bir kilogrammiga 20 tengedan sotib olinmoqda.
2019 yil 1 yanvardan boshlab Qozog‘iston poligonlarida plastik, makulatura, karton, qog‘oz chiqindilar va shishalarni yo‘q qilish taqiqlangan. Poligonga yuborilishdan oldin har qanday chiqindi saralanishi kerak.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026