Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning 6 mintaqasi bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik kelishuvi imzolanadi
2020 yilda Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk o‘lkasi, Tatariston Respublikasi, Astraxan, Rostov, Leningrad, Novosibirsk oblastlari bilan bandlik va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik kelishuvlarini imzolash va birgalikda qator tadbirlarni o‘tkazish kutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Buxoro viloyatida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari hamkorligida mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan anjumanda shu haqda aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida 13,6 mln kishi band bo‘lib, ulardan 5,6 mln rasmiy va 7,9 mln norasmiy sektorda, shu jumladan, 2,6 mln kishi mehnat migranti sifatida mehnat qilmoqda.
Mehnat migratsiyasi sohasida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari o‘rtasida 2017 yil 5 aprelda tuzilgan hamkorlik kelishuviga asosan endilikda ushbu tarmoqni yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirilgan.
"Tartibli mehnat migratsiyasi bu biror davlatga ishni naqd qilib, ish joyi va ish beruvchi haqida aniq ma'lumotga ega bo‘lib borish demakdir. Afsuski, mazkur jarayonni to‘laligicha tartibga solish juda murakkab. Bu borada bizda tayyor mexanizmlar yo‘q. Uni birgalikda yaratamiz", - deya ta'kidladi Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati rahbari Mixail Ivankov.
Bundan oldin, Moskva oblasti va shahrida 60 mingdan ortiq buxorolik mehnat migranti ishlayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55
Rossiyada benzin sotuviga cheklovlar kengaymoqda
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026