Jahon | 15:46 / 13.11.2019
8905
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasiga qarshi keng miqyosdagi operatsiyani boshladi

Foto: Reuters /Khalil Ashawi

Operatsiyada 2 mingdan ortiq kuch tuzilmalari xodimlari qatnashmoqda.

Turkiya janubi-sharqida Kurdiston ishchilar partiyasi a'zolariga qarshi boshlangan operatsiyada 2 mingdan ortiq kuch tuzilmalari xodimlari qatnashmoqda. Bu haqda mamlakat IIV xabar berdi.

“Qiron-6” operatsiyasi Van, Hakkyari va Shirnak viloyatlarida o‘tkazilmoqda. Operatsiyada jandarmeriya va hududiy kuch tuzilmalarining 2360 nafar xodimi qatnashmoqda.

Kurdiston ishchilar partiyasi 1984 yildan buyon Turkiya janubi-sharqida yashovchi kurdlarga mustaqillik berilishini talab qilib qurolli kurash olib boradi.

2015 yil iyulda keskinlik kuchayganidan so‘ng bir necha ming turk harbiylari va yuzlab jangarilar halok bo‘lgan. Turkiyada Kurdiston ishchilar partiyasi terrorchilik tashkiloti hisoblanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid