Ona tilimizga davlat tili maqomi berilişi mustaqillikning ilk ğalabasi sifatida qölga kiritilgani, ona tilining erki, huquqi uçun kuraş tarixda mustaqillik uçun kuraşning ramzi sifatida muhrlangani, qonunning xosiyatlari, uni hayotga tatbiq etiş jarayonlari, muammolari töğrisida önlab maqolalarimizda milliy iftixor tuyğulari bilan yozib keldik.

2004 yili «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilinganiga 15 yil tölişi munosabati bilan tahliliy, sarhisob maqolalarda davlat tiliga e'tibor pasayib ketayotgani, «Davlat tili haqida»gi qonunni amalga oşirişda sustkaşlik yuz berayotganiga jamoatçilik e'tiborini tortişga harakat qildik.

Qonun amaliyotini kuçaytirişda yordami tegar degan ilinjda uning 1989 yil 21 oktyabrda qabul qilingan ilk matni hamda unga tegişli barça hujjatlarni bir muqovada jamlab, öquv qöllanma yaratib ikki marta naşr ettirdik. Qonunlarimiz tilini ilmiy-tanqidiy nuqtayi nazardan tahlil va tadqiq etib, «Qonun tili mezonlari» nomli risola çop ettirdik.

Lekin kötargan muammolarimiz, qöygan savollarimiz uzoq muddat muallaq qoldi. Davlat tili amaliyoti hayotda qonunda belgilangan maqomdan özgaçaroq keçdi. Nazarimizda, qonunçilik asoslari mustahkamligiga, uning hayotiy amaliyoti muammolariga yanada jiddiyroq e'tibor lozim körinardi.

Nihoyat, Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil 21 oktyabrdagi «Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni ayni muddao böldi.

Mazkur farmon davlat tili qismatiga najot, yangi hayot bağişladi. «Davlat tili haqida»gi qonun amaliyotini tubdan yangilaş va töğri izga solişga asos yaratdi. Ayniqsa, undagi «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantiriş departamenti taşkil etilişi» haqidagi band juda katta amaliy ahamiyatga ega bölişi mumkin. Bu «Davlat tili haqida»gi qonun ijrosiga doir eng zarur va köpdan beri kutilayotgan amaliy mexanizmdir.

Endi qonun ijrosi qanday tus olişi köp jihatdan ana şu mexanizm sifatli taşkil topişi va işlaşiga boğliq. Iş taqdirini mazkur departamentga qanday kadrlar tanlanişi hal etadi. Agar munosib kadrlar tanlansagina işda kutilgan siljiş böladi, aks holda, har qanday oliy mexanizm ham natija berişi qiyin. Biz bir ona tili jonkuyari sifatida Departament muvaffaqiyatli taşkil topişi va samarali faoliyat körsatişidan umidvormiz.

Qonun va qat'iyat

«Qonun» degan tuşunçaning öziga xos xususiyatlaridan biri qat'iyatlilikdir. Qat'iyati bor ekan — u qonun kuçli. Qat'iy nazoratini yöqotgan qonun zaiflaşadi. Bu hol qonunga itoatsizlikni keltirib çiqaradi. Fuqarolarning qonunga rioya qiliş immunitetini susaytiradi. Bunday qonunni amalga oşiriş ham imkonsiz bölib qoladi. Qat'iyatsizlik raxna solsa, qonun ustuvorligi tantana qilolmaydi. Şu jihatdan keyingi yillarda ötkazilgan ayrim taşkiliy-huquqiy tadbirlar şundoq ham qator moddalari işlamayotgan «Davlat tili haqida»gi qonun nufuziga ijobiy ta'sir etmadi.