Pragada bir necha yuz ming kishi bosh vazir iste'fosini talab qilib miting o‘tkazdi
Pragada bir necha yuz ming kishi milliarder Andrey Babishdan bosh vazirlik lavozimidan ketishini talab qilib mitingga chiqdi.

Mitingni tashkil etgan "Demokratiya uchun million nazar" jamoatchilik harakatining bildirishicha, unda 300 ming kishi qatnashgan. Politsiya mitingga 200 mingga yaqin kishi chiqqanini qayd etmoqda.
Namoyishchilar Babish iste'foga chiqishini yoki 31 dekabrgacha o‘ziga tegishli "Agrofert" xoldingi va OAVlardan voz kechishini hamda adliya organlari rahbarlik lavozimlaridagi yaqin tarafdorlarini ishdan bo‘shatishini talab qildi. Aks holda ular 2020 yil yanvardan mamlakatda muntazam norozilik namoyishlari o‘tkazishlarini ma'lum qildi.
"Babish o‘z biznesini rivojlantirish uchun bosh vazirlik lavozimidan foydalanmoqda. O‘ziga tegishli OAVlar orqali Chexiya siyosatiga bosim o‘tkazmoqda. U fuqarolar manfaatlariga zid harakat qilmoqda", - dedi "Demokratiya uchun million nazar" yetakchilaridan biri Benjyemin Role.
Bosh vazirning o‘zi iste'foga chiqmoqchi emas va ushbu mitingdan xavotirga tushmadi. U bir qism saylovchilarning hukumatdan noroziligini bildirishi sog‘lom demokratiya belgisi deb hisoblashini aytdi.
Mavzuga oid

10:31 / 17.02.2025
Chexiya Ukraina uchun snaryadlar sotib olishni davom ettirishga va’da berdi

11:35 / 07.02.2025
Pragada rossiyaliklarga Chexiya fuqaroligini berish vaqtincha taqiqlandi

00:14 / 04.02.2025
Chexiyada qunduzlar ikki kun ichida to‘g‘on qurib, hukumat mablag‘larini tejab qoldi

23:41 / 22.01.2025