Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Peterburgda O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilinganini tasdiqladi
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yil 11 noyabr kuni Krasnogvardeyskiy tumanida 3 nafar shaxs O‘zbekiston fuqarosi D.Y.ga hujum qilib, uni urib, pichoq bilan bir necha bor jarohatlagani va sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazgani hamda uning telefon va pullarini tortib olgani to‘g‘risida tarqalgan xabarni tasdiqladi.
TIV xabariga ko‘ra, hamyurtimiz Sankt-Peterburg shahridagi Aleksandr shifoxonasiga joylashtirildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan olingan rasmiy ma'lumotga binoan mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergovchilarning va politsiya xodimlarining tizimli faoliyati natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotganlar tezkorlik bilan aniqlandi va qo‘lga olindi. Tergov tadbirlari davom etmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgani aytiladi.
Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
08:25 / 27.02.2026
Xayrulla Ibodullayevga «Jasorat» medali tantanali topshirildi
13:41 / 25.02.2026