Sankt-Peterburgda Özbekiston fuqarosiga bosqinçilik bilan hujum qiliş böyiça tergov işi doirasida uç nafar yoş yigitdan iborat guruh qölga olindi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasining Sankt-Peterburg böyiça Boş tergov boşqarmasi xabar qildi.

Leningrad oblastida 2000, 2001 va 2003 yilda tuğilgan uç nafar şaxs uşlandi. Tergov ma'lumotlariga köra, gumonlanuvçilar 2019 yil 11 noyabr kuni keçqurun 38 yoşli Özbekiston fuqarosiga hujum qilişgan.

Ösmirlar ballonçadan qözğatuvçi moddani muhojirning yuziga sepişgan, «keyin uni şafqatsizlarça kaltaklaşgan, piçoq bilan kamida beş marta zarba berişgan, boşiga hamda tanasiga köplab jarohatlar yetkazib, soğliğiga jiddiy zarar keltirib çiqarişgan», - deyiladi mahkama xabarida.

Gumondorlar jabrlanuvçining şaxsiy buyumlarini ham öğirlaşgan. Jinoiy iş Rossiya jinoyat kodeksining 162-moddasi («Bosqinçilik») 4-qismi «v» bandi böyiça qözğatilgan. 

Gumonlanuvçi şaxslarni hibsga oliş va ularga ayblov qöyiş masalasi hal qilinmoqda.