Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindiston transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashadi
Joriy yilning 20 noyabr kuni Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hamda Hindiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Amit Shax o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
IIV axborot xizmatiga ko‘ra, muzokaralar davomida ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkotik va psixotrop vositalar, terrorizm, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash hamda mazkur sohada tezkor axborot almashish masalalariga alohida ahamiyat qaratildi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Hindiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida transmilliy uyushgan jinoyatchilik va xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.
Bundan oldin, Po‘lat Bobojonov Hindiston turistik politsiyasining tajribasini o‘rganishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026