Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya politsiyasi Iroq mudofaa vaziriga nisbatan surishtiruv ishlarini boshladi
Shvetsiya politsiyasi Iroq mudofaa vaziri Najah ash-Shamariyga nisbatan surishtiruv ishlarini boshladi. Bu haqda SVT telekanali xabar berdi.
"Politsiya tomonidan 8 noyabr kuni tovlamachilik ishi bo‘yicha surishtiruv boshlandi. Biz ikki kishidan shubhalanmoqdamiz", - dedi politsiyaning tovlamachilikka qarshi kurashish bo‘yicha bo‘limi vakili Yan Grankvist.
Ma'lum bo‘lishicha, Najah ash-Shamariy Shvetsiya fuqarosi hisoblanadi. Iroq konstitutsiyasiga ko‘ra, yuqori lavozimdagi shaxslar ikki fuqarolikka ega bo‘lishi mumkin emas.
Vazir Stokgolm yaqinidagi shaharlardan birida ro‘yxatda turadi va 2015 yilda shved pasportini olgan. Shvetsiyada doimiy yashamasa-da, ash-Shamariy va uning xotini qirollikdan har oyda o‘zi va farzandlari uchun 9,4 ming krona (1 ming dollar) miqdorida nafaqa oladi.
Ushbu ish bilan shug‘ullanayotgan prokuror Nila Frizell hozircha bu borada izoh bermadi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026