Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Anqarada S-400 radiolokatsion tizimlarini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi
Turkiya harbiylari Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarining radiolokatsion tizimlarini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar berdi.
Telekanalning ma'lumot berishicha, sinovlar 25 noyabrdan boshlanadi va Anqara yaqinida o‘tkaziladi. Buning uchun turli samolyotlar, jumladan F-16 qiruvchisi havoga ko‘tariladi. Tturk mutaxassislari zenit-raketa majmuasi va samolyotlar o‘rtasida aloqa o‘rnatilishini tekshirib ko‘rishmoqchi.
2017 yil sentyabrda Rossiya Turkiya bilan S-400 majmualarini yetkazib berish bo‘yicha qiymati 2,5 mlrd dollarlik shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Majmualar shu yilning 12 iyulidan yetkazib berila boshlandi.
Turkiyaning S-400 sotib olishiga AQSh va NATO qarshi chiqmoqda.
Mavzuga oid
10:52
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026