Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada kompartiya, hukumat va IIVning sobiq rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Chexiyada Chexoslovakiya kompartiyasining so‘nggi rahbari 97 yoshli Milosh Yakesh, sobiq bosh vazir 95 yoshli Lubomir Shtrougal va sobiq ichki ishlar vaziri 89 yoshli Vratislav Vaynarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Praga-1 rayoni prokuraturasi boshlig‘i Yan Lelek ma'lum qildi.
Kommunizm jinoyatlarini hujjatlashtirish va tergov qilish boshqarmasi ularni lavozimlarini suiiste'mol qilib jangovar quroldan foydalanish orqali odamlar o‘limiga sababchi bo‘lganlikda ayblamoqda.
Yakesh 1987-1989 yillarda Chexoslovakiya kompartiyasi markaziy komitetini boshqargan. Shtrougal 1970-1988 yillarda Chexoslovakiya bosh vaziri bo‘lgan. Vaynar 1983-1988 ichki ishlar vazirligiga rahbarlik qilgan.
Lelekning so‘zlariga ko‘ra, Chexoslovakiya davlat chegaralarida mamlakatni noqonuniy ravishda tark etishga uringan shaxslar otib tashlangan. Mamlakat rahbarlari bundan xabardor bo‘lgani holda jangovar qurol qo‘llanishiga qarshi hech qanday chora ko‘rmagan.
Ma'lumotlarda qayd etilishicha, 1976 yil martdan 1989 yil oxirigacha to‘qqiz kishi otib tashlangan yoki chegara itlari tomonidan tilka-pora qilingan, kamida yetti kishi yaralangan.
Har bir fuqaroning har qanday davlatni, shuningdek, o‘zi yashayotgan davlatni erkin tark etish huquqini kafolatlaydigan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt 1976 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
09:38 / 12.06.2026
JCh-26. Koreyslar kambek amalga oshirdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026