Sport | 16:40 / 26.11.2019
5292
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko sportni siyosat va qoidasiz urush deb atadi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Sportga siyosat kirib keldi va u musobaqalardan qoidasiz urushga aylandi, deb hisoblaydi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko. "BelTA"ning xabar qilishicha, u sportchi va murabbiylarga davlat mukofotlarini topshirish chog‘ida ana shu so‘zlarni aytdi.

"Qayerda amerikalik yoki xitoylik bo‘lmagan sportchini ko‘rishsa, unga bosim o‘tkazishni boshlashadi", - dedi Lukashenko.

U doping qabul qilishda gumonlanib musobaqalardan chetlashtirilgan belaruslik balandlikka sakrovchi Dmitriy Nabokovni misol tariqasida keltirdi. Lukashenkoning aytishicha, sportchini "u Olimpiadada kimgadir xalaqit qilishi mumkin" degan fikrda "arzimagan narsa" uchun jazolashgan.

"Bunga tayyor turish kerak. Bu qoidasiz urush. Urushda qoida kam bo‘ladi, bu yerda esa hech qanday qoida yo‘q. Bu yerda asirga olishmaydi, qo‘pol qilib aytganda, darhol otib tashlashadi, hattoki finish tasmasiga yetib borishga ham ulgurmaysan", - dedi Belarus prezidenti.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid