“Özsanoatqurilişbank” ATB öz resurs bazasini mustahkamlaş va eksportga yönaltirilgan sanoat loyihalarini moliyalaştiriş maqsadida ilk korporativ xalqaro obligatsiyalarni çiqardi.
18-22 noyabr kunlari Tsyurix, Frankfurt va London şaharlarida bölib ötgan muzokaralarda xalqaro investorlar tomonidan prezident boşçiligida iqtisodiyot tarmoqlarida (jumladan, bank sohasida) amalga oşirilayotgan islohotlarga yuksak baho berildi.
Yirik investorlar tomonidan “Özsanoatqurilişbank” ATBning moliyaviy holati, Xalqaro moliya korporatsiyasi iştirokidagi transformatsiya jarayoni hamda Bankni bosqiçma-bosqiç xususiylaştirişga qaratilgan strategiya ijobiy omil sifatida e'tirof etildi.
Şu sababli, “Özsanoatqurilişbank” ATB investorlar tomonidan Hukumat kafolati ostidagi davlat banki emas, balki tölaqonli tijorat banki sifatida qabul qilinib, Rossiyaning “Moskovskiy kreditniy bank” (5 yillik 5,3 foiz), Gruziyaning “TBC Bank” (5 yillik 5,75 foiz), Turkiyaning “Akbank” (5 yillik 6 foiz) kabi banklariga taqqoslandi.
Natijada, 25 noyabr kuni amalga oşirilgan savdolarda 150dan ortiq investorlardan 1,2 mlrd AQŞ dollari miqdorida buyurtmalar kelib tuşdi va xalqaro obligatsiyalar 6 foiz daromadlilik stavkasi, 5,75 foiz kupon stavkasi va 98.934 foiz dastlabki narx bilan joylaştirildi.
Mazkur foiz stavkalari MDH banklari tomonidan ilk bora çiqarilgan (debyut) xalqaro obligatsiyalar içida eng pastlaridan biri hisoblanib, yurtimizning boşqa tijorat banklari va korxonalari uçun “bençmark” bölib xizmat qiladi.
“Özsanoatqurilişbank” ATBning 300 mln. dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalari Buyuk Britaniya (30 foiz), AQŞ (16 foiz), Yevropa (40 foiz) hamda Osiyo va Yaqin Şarq (14 foiz) investorlari orasida joylaştirildi.
Xalqaro obligatsiyalarning muhim afzalliklaridan biri – korporativ emitentlar tomonidan davlat kafolatisiz yoki garov ta'minotisiz kredit jalb qiliş imkoniyati hisoblanadi. Bunda investorlar mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, emitentning moliyaviy holati, tölov qobiliyati va kredit reytingiga katta e'tibor beradilar. Şu bilan birga, emitentning investorlar bilan yuzma-yuz uçraşuvlari (roudşou) obligatsiyalar uçun buyurtmalarni şakllantiriş va foiz stavkalarini belgilaşda muhim rol öynaydi.
Yana bir afzallik - xalqaro kapital bozorlari biror yirik xorijiy bank yoki investorga boğliq emasligi va şu tufayli, mamlakat iqtisodiyotini barqaror moliyalaştiriş uçun resurs manbasi ekanligidan iborat. Qolaversa, xalqaro obligatsiyalar tijorat banklari va davlat korxonalarining aksiyalarini kapital bozorlarida şaffof ravişda sotiş uçun (IPO) öziga xos tayyorgarlik maktabini ötaydi.











