Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya AQShning Eronga nisbatan «maksimal bosim» o‘tkazish siyosatiga qarshi chiqdi
Germaniya AQShning Eronga nisbatan «maksimal bosim» o‘tkazish siyosatini yoqlamaydi, dedi GFR tashqi ishlar vazirligi vakili Rayner Broyl.
"Biz AQShning Eronga nisbatan "maksimal bosim" o‘tkazish siyosatini yoqlamaymiz, yadroviy kelishuvni saqlab qolish va Eronning majburiyatlarni bajarishga qaytishi ustida ishlashda davom etamiz", - dedi Broyl.
U Eron yadroviy kelishuvi bo‘yicha qo‘shma komissiyaning siyosiy direktorlar darajasidagi yig‘ilishi 6 dekabrda Venada bo‘lib o‘tishini tasdiqladi.
2015 yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Fransiya va Eron qo‘shma harakatlar rejasini imzolagandi. Kelishuvga ko‘ra, Eron yadroviy dasturining cheklanishi hisobiga sanksiyalar olib tashlanishi ko‘zda tutilgandi.
2018 yil mayda AQSh ushbu kelishuvdan chiqishini va Eronga nisbatan keskin sanksiyalar tiklanishini e'lon qildi.
Mavzuga oid
09:40 / 14.07.2026
Tramp Eronga qarshi yangi zarbalarni e’lon qildi
09:23 / 14.07.2026
Yaman hukumati Sano aeroportini bombardimon qildi. Husiylar Saudiyaga raketa otdi
08:58 / 14.07.2026
Tramp Eronga qarshi urushni qayta boshladi
21:07 / 13.07.2026