Yo‘l-transport hodisalarining har to‘rtinchisi o‘lim bilan tugayapti - IIV
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Hotamovning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarining deyarli har to‘rtinchisi o‘lim bilan tugayapti, har ikkinchisi esa tezlikni oshirish bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Vazir o‘rinbosari bu haqda 29 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi oldidan parlament yuqori palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qildi.
«O‘lim bilan bog‘liq YTHlar respublika bo‘yicha 9,5 foizga kamaygan bo‘lsa-da, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida bu ko‘rsatkichlar oshgan. Shu bilan birga, har ikkinchi yo‘l-transport hodisasi belgilangan harakatlanish tezligini oshirish oqibatida sodir etilgani yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirish, yo‘l-harakati qoidalariga itoatkorlik ruhida tarbiyalash va joylarda foto-video radar moslamalaridan foydalanish ishlarini yanada jadallashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda», deya Rustam Hotamovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazir o‘rinbosari Senat qo‘mitasi majlisidagi hisobotida inson o‘limiga yoki nogiron bo‘lib qolishiga sabab bo‘layotgan mudhish yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘layotgan «avariya»larga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida haydovchi va piyodalarning yo‘l-harakati qoidalariga amal qilish madaniyatini oshirishga qaratilgan maqsadli targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga OAV, fuqarolik jamiyati institutlari va ko‘ngilli asosda ishtirok etuvchi yoshlar keng jalb etilishini ta'kidlab o‘tdi.
Avvalroq profilaktika inspektorlarining 55 foizida kishan yo‘qligi, O‘zbekistonning chet eldagi vakolatxonalari tomonidan mamlakat fuqarolariga pasport berish yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgani, «uchastkavoy»larga berilgan avtomobillarning xarajati novvoy va somsachilarning bo‘ynidaligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
12:01 / 23.07.2024