Bugun, 29 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining yigirma törtinçi yalpi majlisi oldidan parlament yuqori palatasi qömitalarining yiğilişlari ötkazilib, unda yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi va mas'ullarning hisobotlari tinglandi.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Farrux Dadaxöjayev xorijda öqiyotgan, işlayotgan fuqarolar haligaça pasportini almaştiriş, tiklaş uçun Özbekistonga kelib-ketayotganiga e'tibor qaratdi.

«Janubiy Koreya yoki Rossiyada öqiyotgan talaba, işlayotgan odamlarimiz pasportining amal qiliş muddati tugaganda almaştiriş uçun, yöqolganda tiklatiş uçun albatta Özbekistonga, özi röyxatda turadigan tumaniga, qişloğiga kelib ketişi kerak. Buning uçun ularning qança puli ketadi. Xorijda beş millionga yaqin özbekistonlik bor. Nega ular Özbekistonning çet eldagi vakolatxonalari, konsullik idoralarida pasport ololmaydi yoki almaştirolmaydi», deya qömita raisi sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi bölim boşliği Faxriddin Tursunovning ma'lum qilişişiça, tez orada Özbekistonning çet eldagi vakolatxonalari tomonidan mamlakat fuqarolariga pasport beriş yölga qöyilişi kutilmoqda.

«Hozirgi kunda çet elda yurgan 5 million özbekistonlikka Davlat personallaştiriş markazi tomonidan Taşqi işlar vazirligiga jami bölib 75ta qurilma berilişi kerak. Bugungi kunga qadar şundan 50 tasi çet eldagi elçixonalarimizga joylaştirildi. Ayni paytda xorijdagi vakolatxonalar tomonidan Özbekiston fuqarolarga pasport berilganda undiriladigan konsullik yiğimi, davlatga tölanadigan davlat boji masalasi Taşqi işlar vazirligida muammo bölib turibdi. Şu böyiça hozir TIV tomonidan loyiha işlab çiqilgan. U hozir körib çiqilyapti. Şu masala hal etilgandan keyin xorijiy mamlakatlardagi hamma elçixonalarimizda Özbekiston fuqarolariga pasport beriş boşlanadi», deydi Faxriddin Tursunov.

Qömita raisi Farrux Dadaxöjayev xorijdagi vakolatxonalar tomonidan Özbekiston fuqarolarga pasport berilgani uçun undiriladigan konsullik yiğimi miqdori baland qilib yubormaslik, bu bilan fuqarolarning ahvoli battar qiyinlaştirmaslik kerakligini ta'kidladi.

«Xorijda öqiyotgan beçora talaba tiyin-tiyinini hisoblab yaşayotgan bölsa, işlaşga ketgan ayrim fuqarolarimiz uyiga köproq pul yuboray deb tuşligini ham yemasdan işlayotgan bölsa, pasportini almaştirgani uçun borsa, otning kallasiday tölov tölab yurmasin-da. Ertaga bu masalani yalpi majlisdayam kötaramiz, Taşqi işlar vazirligidan izoh söraymiz», deydi Farrux Dadaxöjayev.