O‘zbekiston | 22:20 / 03.12.2019
3410
3 daqiqa o‘qiladi

YeXHT bosh kotibi tashkilot O‘zbekistonning ishonchli hamkori bo‘lib qolishini ta'kidladi 

Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi A.Qurmanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Vena shahridagi O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari tomonidan tashkil etilgan Avstriyaga tashrifi davomida EXHT bosh kotibi T. Greminger bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Vena diplomatik akademiyasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

EXHT bosh kotibi tashkilotning O‘zbekiston bilan izchil rivojlanib borayotgan hamkorligini mamnuniyat bilan qayd etdi.

“So‘nggi uch yil ichida EXHT va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda katta yutuqlarga erishildi. O‘zbekiston prezidenti tomonidan izchil olib borilayotgan demokratik islohotlar siyosati ko‘p qirrali hamkorligimizni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda. YeXHT O‘zbekistonning o‘z maqsadlariga erishishida ishonchli hamkori bo‘lib qoladi va prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlar yo‘nalishini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, dedi T. Greminger.

U O‘zbekistonda bo‘lajak parlament saylovlari demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Suhbatda mamlakat parlamenti demokratik huquqiy davlat asoslarini mustahkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynashi, haqiqiy demokratiya maktabiga, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisiga aylanishi kerakligi qayd etildi. T. Greminger Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda bo‘lib o‘tgan maslahatlashuv uchrashuvi natijalarini yuqori baholadi.

T. Greminger "Shavkat Mirziyoyevning yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatlar va oqilona murosa tamoyillariga asoslangan mintaqaviy siyosati har tomonlama o‘rganishga loyiq ekanligini va bugungi kunda xalqaro munosabatlarda bunga bo‘lgan talab har qachongidan ham ko‘proq" ekanligini alohida ta'kidladi.

Vena diplomatiya akademiyasida bo‘lib o‘tgan davra suhbati davomida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda saylov kampaniyasining borishi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid