O‘zbekiston | 17:04 / 09.12.2019
2230
2 daqiqa o‘qiladi

MDH missiyasi: O‘zbekistondagi saylovlarga tayyorgarlik bo‘yicha shikoyatlar tushmadi

Foto: TASS

O‘zbekiston parlamenti qonunchilik palatasiga saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishda qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risida shikoyat va arizalar tushmadi, deb ma'lum qildi MDH kuzatuvchilar missiyasi.

Avvalroq O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi MDH kuzatuvchilari 27 noyabrdan mamlakat parlamentiga saylovlar bo‘yicha ishga kirishgani ma'lum qilingandi. Missiyaga MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedev rahbarlik qilmoqda, uning tarkibiga 100 ga yaqin kuzatuvchi kiritilgan. 

"MDH kuzatuvchilariga saylov qonunchiligi buzilishi to‘g‘risida okrug saylov komissiyalariga shikoyat va arizalar tushmaganligi ma'lum qilindi", - deyiladi missiyaning saylovlarni oraliq monitoring qilish natijalari bo‘yicha OAV uchun bayonotida.

Kuzatuvchilar, xususan, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridagi okrug saylov komissiyalarida bo‘ldi.

Missiyaning bildirishicha, kuzatuvchilar saylov uchastkalari saylovlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, zarur uslubiy tavsiyalar, qo‘llanmalar, axborot materiallari hamda tegishli qurilmalar bilan ta'minlanganligiga ishonch hosil qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid