17:01 / 10.12.2019
8141
Reklama

LG Multi V5 konditsioner tizimlari: biznes uchun qulay sharoitlar

Foto: LG

Zamonaviy shahar biznes-markazlar va savdo-ko‘ngilochar maydonlari kabi yirik obektlar qurilishi sohasida innovatsion yechimlarni talab etadi. MULTI V5 multizonal tizimi yuqori energiya samaradorlik ko‘rsatkichi bilan ajralib turadi va o‘z foydalanuvchilariga qulay muhitni yaratib beradi.  LG Electronics kompaniyasi tashqi bloklar ish samaradorligini oshirishga yordam beradigan bir qator murakkab innovatsion yechimlarni qo‘lladi.

«Dual Sensing Control» funksiyasi real vaqt rejimida bir vaqtning o‘zida ham haroratni, ham namlikni boshqarishga imkon beradi. Ushbu yangilik tufayli siz konditsioner tizimi samaradorligini oshirish uchun asosiy ko‘rsatgichlarni kuzatib borishingiz mumkin. Oddiy qilib aytganda – xonaning mikroiqlimini tashrif buyuruvchilar uchun maksimal darajada shinam qilib sozlanadi.

Beshinchi avlod invertor kompressori ishonchligigi va uzoq yilga chidamliligi bilan ajralib turadi.  Belgilangan parametrlarga endilikda yana ham tezroq erishiladi, kompressorlarni yaratish uchun foydalanilgan materiallarni samolyot aviadvigatellarida uchratish mumkin! Aynan yuqori sifatli tarkibiy qism Multi V5 texnikasini moylash vositalarisiz imkon qadar uzoq vaqt ishlishini ta'minlaydi. «Moyni aqlli boshqarish» funksiyasi esa qo‘shimcha xarajatlarsiz kopressoringiz imkoniyatlaridan yanada samaraliroq foydalanishga yordam beradi.

Ventilyatorning innovatsion biomimetrik tuzilishi, to‘rt qirrali issiqlik almashinuvi va kompressorning mukammallashtirilgan ish samaradorligi bilan MULTI V 5 yagona modullar liniyasini 26 HP (72,8 kVt)gacha kengaytirish mumkin. Tashqi bloklarning kengaytirilgan ish samaradorligi – bu konditsioner tizimini loyihalashdagi anchayin moslashuvchan yondoshuvdir.

Multi V5 tizimining uzoq muddatgacha chidamli ishlashiga ikki qatlamli himoyaga ega, korroziyaga qarshi qora issiqlik almashinuv qoplamasi  - LG "Ocean Black Fin” javob beradi. U eng murakkab sharoitlarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan – O‘zbekiston iqlimi esa, shubhasiz, mazkur ta'rifga mos keladi. Yozgi davrdagi havo harorati tizim ishiga hech qanday ziyon keltirmaydi – tashqi blok +48 dan -25 darajagacha bo‘lgan haroratni ko‘tara oladi. Bundan tashqari, ikki qavatli va ikki tomonlama qoplama tuz, qum, chang, sanoatning turli ifloslantiruvchi moddalarini o‘tkizmaydi,  ingichka gidrofil plyonka esa issiqlik almashinuv moslamasi ustida kondensat hosil bo‘lishini kamaytiradi. 

LG Electronics  kompaniyasining mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top