Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buloqboshi tumanida qo‘shimcha 5 mingta xonadon tabiiy gaz bilan ta'minlanishi ko‘zda tutilmoqda
14 dekabr kuni Andijon viloyati, Buloqboshi tumani “Chaqar” nomli maydondagi 2-sonli qidiruv qudug‘i burg‘ulanib, undan sanoat miqyosida gaz olishga erishildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda ”Andijonneft” AJ tomonidan “Chaqar” maydonidagi ushbu yangi burg‘ulangan 2-sonli gaz qudug‘ini ishga tushirish uchun quvurlar o‘rnatilmoqda. Quvurlashtirish ishlari yakunlangach, Buloqboshi tumanidagi yana qo‘shimcha 5 mingta xonadon tabiiy gaz bilan ta'minlanishi ko‘zda tutilgan.
Quduqdan gaz qazib olish hajmi kunlik 200 ming metr kubni tashkil etadi.
Hozirgi kunda "Uchtepa neft va gaz koni"dagi 13-sonli quduqda ham burg‘ulash ishlari davom ettirilmoqda.
Ma'lumot berilishicha, avvalroq Uchtepa qishlog‘ida joylashgan “Uchtepa neft va gaz koni”ning 12-sonli gaz qudug‘idan sanoat miqyosida gaz olingani natijasida tumanning 5 mingta xonadoni tabiiy gaz bilan ta'minlangan.
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026