Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chinozda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda “Damas” urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
19 dekabr kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan o‘tgan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 862-km.da haydovchi M.S. “DAMAS” rusumli avtomobilini “Toshkent-Chinoz” yo‘nalishida boshqarayotib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, u yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda K.M.ni urib yuborgan. Natijada K.M. hodisa joyida halok bo‘lgan.
Shuningdek, 19 dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani Yangi Beltepa ko‘chasida haydovchi M.A. “Spark” rusumli avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni yugurib kesib o‘tayotgan piyoda M.Z.ni urib yuborgan. Natijada M.Z. voqea joyida halok bo‘lgan.
IIV YHXBB haydovchi va piyodalarni hushyorlikka chaqirmoqda.
Mavzuga oid
05:32
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026